Текст песни Zulayho Boyhonova - Olcha guli

Shamol silkib olcha gulin,

Ayamay to‘kib ketdi.

Sevaverdim, sevging yurak

Choklarin so‘kib ketdi.

Olcha gulim a’lo bilib

Xazonni titib ketdi.

Hislarimni dorga ilib

Yuragim sitib ketdi.

Sharqiragan soyning suvi

O‘padi qirg‘oq poyin,

Yuragimdek taxtni tashlab,

Poyigami* borgan joying?

Oymomoni ayamsiz deb,

Yulduzdan hol so‘raymi,

Sen o‘zgaga qarab ketsang,

Peshanamdan ko‘raymi?

Majnuntolning suvga yetmay

Sabri sindi zorlanib,

Sevar edim jondan ortiq,

Aytolmadim orlanib.

Ketgan bahor qayta-qayta

Kelaverar uyalmay,

Ko‘ngil berib qo‘yganimni

Armondaman suyolmay.

  • Источник: muzun.net
  • Слова из трека: Olcha guli
  • Исполнитель: Zulayho Boyhonova
Послушать илиСкачать песню в Mp3