Текст песни Yodgor Mirzajonov - 20 yil

Sen ertamizni o`ylab,

G`am yemagin, azizam.

Hozirgidek sevgayman

Yigirma yil o`tsa ham.

Ilk bora uchratganimdek

Hayrat bilan qarayman,

Yigirma yil o`tsa ham,

Yigirma yil o`tsa ham.

Har kuni sevaman deyman,

Hech qachon ranjitmayman,

Yigirma yil o`tsa ham,

Yigirma yil o`tsa ham.

Buzilganda qomating,

Ketganda ham omading,

Sodiq qolgay Ahading,

Yigirma yil o`tsa ham.

Quvonchni kutgaymiz,

Armonni unutgaymiz,

Baxt qadriga yetgaymiz,

Yigirma yil o`tsa ham.

O`qigil ko`ngil xatin,

Rost mening hamma gapim.

So`nmagay muhabbatim,

Yigirma yil o`tsa ham.

  • Источник: muzun.net
  • Слова из трека: 20 yil
  • Исполнитель: Yodgor Mirzajonov
Послушать илиСкачать песню в Mp3