Текст песни Шахриёр - Izhor

Sevga nima? Azob hijronmi?

Yoki dilni mast etuvchi may

Sevga nima bu? Imtihonmi?

Yoki tong payt yig'latuvchi nay

Sevgi nima? Ahd-u vafomi?

Dilga cho'kkan xoxish xatomi?

Sevgi nima? O'tli nafasmi?

Yoki shunchaki orzu havasmi?

Sevgi nima? Go'zal ijodmi?

Sevishganlar umrbod shodmi?

Sevgi nima? Ilohiy kuchmi?

Yoki faqat itoat burchmi?

Sevgi nima? Bir shirin tushmi?

Yoki sevib so'ng unutishmi?

Sevgi nima? Sevgi nima? Sevgi nima? Sevgi nima? Ayt!

Ayt, kimga keragi bor yaralangan dil

Nega boshqasin sevaman demaydi til

Qoldim bir o'zim dilda og'rig'im bilan

Sog'indim yulduzim, osmon esa baland

Alam, alam, qizig'i yo'q olam

Atrof to'la odam, jargacha bir qadam

Hech kim bermas yordam, dunyo qorong'u ham

Maylimi so'rasam

Maylimi so'rasam, kimlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring

Kimni yuzini ayt silaydi qo'llaring

Kimni mehridan so'ng men bo'ldim keraksiz

Nega menga og'ir, nega og'ir sensiz

Yuragim tubida, hukum suradi dard

Ichimdan sezaman, sendan kechmog'im shart

Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim

Lek baribir Sevgi nima bu? Azob yoki malham?

Bu savolga javob yo'q, hatto menda ham

Kuyga solaman, dildan chiqgan so'zlarimni

Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni

Sevgi nima o'zi? Nega unga intilamiz?

Mushkul erishamiz, so'ngra oson yo'qotamiz

Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat

Unda meni hech kim qutqarolmaydi toabat

  • Источник: muzun.net
  • Слова из трека: Izhor
  • Исполнитель: Шахриёр
Послушать илиСкачать песню в Mp3