Текст песни Сардор Таиров - Baxtingni Top

Yashirasan nigohlaring,

Go`zal ko`z-u qaroqlaring.

Menga so`nggi so`z aytolmay,

Qaltiraydi dudoqlaring.

Aytaqolgin, yashirma,

Bo`ldi, darding oshirma.

Saqlab faryodlaringni,

Daryo qilib toshirma.

O`zi sezib turibman,

Arang kulib turibman.

Qo`lingdagi qog`ozni,

Netay, ko`rib turibman.

Axir bu taklifnoma

Baxtimdan qayirmoqda.

Shu bir parchagina qog`oz

Sevgimdan ayirmoqda.

Bor, bor, baxtingni top!

Qaramagin ortingga.

Bor, bor, bor, baxtingni top!

Quloq solma qalbingga.

Vido oni kelmoqda,

Judo oni kelmoqda.

Taqdir mening ustimdan

Balki atay kulmoqda.

Bo`ldi, ko`zing yoshlama,

Yuragingni g`ashlama.

Menga yozgan xatingni

Yirtgin, aytma, boshlama.

O`zi sezib turibman,

Arang kulib turibman.

Qo`lingdagi qog`ozni,

Netay, ko`rib turibman.

Axir bu taklifnoma

Baxtimdan qayirmoqda.

Shu bir parchagina qog`oz

Sevgimdan ayirmoqda.

Bor, bor, baxtingni top!

Qaramagin ortingga.

Bor, bor, bor, baxtingni top!

Quloq solma qalbingga. (x1+x1)

  • Источник: muzun.net
  • Слова из трека: Baxtingni Top
  • Исполнитель: Сардор Таиров
Послушать илиСкачать песню в Mp3