Текст песни Musoxon Nurmatov - Tobut mingan Otam-onam mening

Yo`lim to`sma, yolg`on dunyo,

Ketib olay, poyin tavof etib olay.

To`xta, ey xalq, yetib olay,

Tobut mingan otam mening,

Hech topilmas donam mening.

Qoch, ey dunyo, tutma qo`lim,

Yetar, shuncha to`sding yo`lim.

Mehrimga zor, mehri bo`lim,

Tobut mingan onam mening,

Hech topilmas donam mening.

Dunyo dedim, ketdim uzoq,

Shon-obro`ga qo`ydim tuzoq. (x2)

Yoydek qaddi, sochlari oq, {x2}

Tobut mingan otam mening,

Hech topilmas donam mening. (x2)

Bir bormadim topib imkon,

Olib to`rtta ming so`mlik non. (x2)

Yo`lim poylab, bergandur jon, {x2}

Tobut mingan otam mening,

Hech topilmas donam mening.

Bilmasamda farzlarimni,

Jim tinglar u arzlarimni.

Qanday to`lay qarzlarimni? {x2}

Tobut mingan onam mening,

Hech topilmas donam mening. (x2)

Послушать илиСкачать песню в Mp3