Текст песни Baxtiyor Rahmonov - Quyosh porlamoq uchun

Gul gulga egilib sokin bog‘ aro,

«Meni!» - deb shivirlab aytdi ohista.

Yel nafasi tegib gulbargga bir on

Birlashdilar go‘yo manguga.

Istaklari tushday shoista, lek barin

Oxirigacha anglamoqqa yo‘q imkon.

Nasib etmas axir ularga visol

Bu yorug‘ dunyoda balki hech qachon.

Quyosh – porlamoq uchun,

Havo – chaqnamoq uchun,

Lablar – sevgi tortig‘i,

Yurak ham firoq uchun.. (2x)

Barchasini bo‘laklab,

Qoldirgum bir palak.

Bu dunyoda baxt yo‘q

Sening sevgingdan bo‘lak.

Послушать илиСкачать песню в Mp3