Текст песни Azim Mullaxonov - Derazamning ostida tongda

Azim Mullaxonov - OTA

Derazamning ostida tongda

Sayragan qush sizmasmu ota? (x2)

Yo to’nimga ko’klam mozorda

Yopishgan gul sizmasmu ota? (x2)

Ming yildirki dunyoda yo’qsiz,

Yuragimga bitgan armonsiz. (x2)

Ko’rmagansiz mening o’g’limni,

Erkatoyim, to’xim, sho’ximni. (x2)

Men ham yoshim o’tgani sayin,

Boshimga oq tushgani sayin, (x2)

Otam deya erka o’glimni

Ko’taraman o’zim ko’nglimni. (x3)

Derazamning ostida tongda

Sayragan qush sizmasmu ota?

Yo to’nimga ko’klam mozorda

Yopishgan gul sizmasmu ota?

Послушать илиСкачать песню в Mp3