Xurshid Rasulov - Yoshligimga qaytgim keladi

Послушать онлайн песню

  • Источник: muzun.net
  • Длительность: 04:18
  • Качество: 128 kbps
Скачать песню в Mp3Размер файла: 3.97 MB
Текст песни:

Gohi shunday paytim keladi,

Sizga bir gap aytgim keladi,

Qursin ko`ngilning ko`chasi, demang,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Dadam so`zin tinglagim kelar,

Bag`rida bir uxlagim kelar,

Quchib-quchib yig`lagim kelar,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Onam yopgan issiq nonlarni,

Eslab do`st-u qadrdonlarni,

Sog`indimda o`sha onlarni,

Yoshligimga qaytgim keladi.

Olislardan chorlar bir nigoh,

Qaytolmasam mendami gunoh?

Ilk sevgimga yagona guvoh –

Yoshligimga qaytgim keladi.

Umr asli besh kunlik safo,

Gohi safo, gohida jafo,

Tashlab ketgan o`sha bevafo

Yoshligimga qaytgim keladi.

Песни по теме: